Özbekistonda paxta yiğim-terimi qizğin pallaga kirgan şu kunlarda Qaşqadaryoning Mirişkor tumanida «Mehnat rohat» palatkali şaharçasi barpo etildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Umumiy maydoni 2,4 gektar bölgan uşbu maskanda terimçilar uçun barça qulayliklar yaratilgan.

«Sönggi tipdagi bu palatkalar xalqaro tajribalar asosida qurilgan. Yomğir ötkazmaydi, issiq-sovuqqa çidamli. Ularda terimçilarning dam olişi uçun barça qulayliklar mavjud», — deyilgan ÖzA xabarida.

Şaharça hududidagi oşxona, tibbiyot punkti, savdo dökoni, gözallik saloni va boşqa qöşimça xizmatlardan aholi mamnunligi ta'kidlab ötilgan.

Şuningdek, hududda terimçilarning madaniy hordiq çiqarişi uçun konsert dasturlari namoyiş etiladigan maxsus maydon barpo etilgan.

Özbekistonda paxta yiğim-terimi qizğin pallaga kirgan şu kunlarda qaşqadaryolik dehqonlar 412 ming tonnalik xirmon yaratiş uçun astoydil mehnat qilmoqda. Joriy yilda viloyatdagi 7 ming 309 fermer xöjaligi tomonidan 157 ming 200 gektar maydonda göza parvarişlandi. Agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilgani, ta'minotçi korxonalar mineral öğit va yonilğini öz vaqtida yetkazib bergani samarasida möl hosil yetiştirilgan. 

 «Bu yil 30 gektar maydonda ğözaning “Buxoro-102” navini parvarişladik. Öğit va texnika uçun yonilği dalaning boşigaça keltirib berildi, suv bilan öz vaqtida ta'minlandi. Hozir har bir ğözada kamida 16-17 donadan kösak bor. Bu möl hosildan darak», — deydi Qarşi tumanidagi “Şukrona zamin” fermer xöjaligi rahbari Hotam Jumayev.