“Ukraina aksildoping agentligi test oliş qoidalarini buzdi. Şu sababli agentlik direktori Ivan Kurlişçuk va uning örinbosari Yaroslav Kruçek iste'foga çiqdi. Biz dopingga qarşi kuraş masalasida aniq pozitsiyaga egamiz va heç kimga aksildoping qoidalarini buzişga yöl qöymaymiz”, deb aytilgan vazirlik xabarida.

2019 yilda WADA tomonidan boşlangan va “Gerkules operatsiyasi” deb nomlangan tergov davomida Ukraina tomoni tizimli ravişda aksildoping qoidalarini buzgani aniqlangan. Ta'kidlanişiça, Ukraina aksildoping agentligi 2012 yildan boşlab sportçilarni doping tekşiruvdan ötişlari haqida oldindan xabardor qilgan va musobaqalarda olingan qon namunalarini musobaqalardan taşqarida olingan deb belgilagan. Bu esa aksildoping qoidalarga zid hisoblanadi.