40 yashar Garnettning hozircha "Minnesota Timbervulvz" jamoasi bilan bir yillik shartnomasi saqlanib turibdi. U buning evaziga 8 mln dollar ishlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, Garnett MBAda "Minnesota", "Boston Seltiks" va "Bruklin Nets" jamolari safida 21 mavsum qatnashgan. Uning hisobida jami 1462ta o‘yin bor. U bu o‘yinlarda o‘rtacha hisobda 17,8 ochko jamg‘argan.
U 2000-yillarda MBAning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan. Garnett 2004 yil mavsumining eng qimmat basketbolchisi, 2008 yilda himoyada o‘ynaydigan eng yaxshi o‘yinchi bo‘lgan. 15 marta Barcha yulduzlar o‘yinida ishtirok etgan. 2007/08 yillar mavsumida “Boston” tarkibida MBA chempioni bo‘lgan. U AQSh terma jamoasi tarkibida 2000 yilda Olimpiada chempionligiga erishgan.










