Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 iyul kuni Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumaniga taşrif buyurib, Toşkent – Samarqand yönalişidagi pullik muqobil avtomobil yöli qurilişiga tamal toşi qöydi.
Davlat rahbari uşbu loyiha Yangi Özbekistonning iqtisodiy qudrati va transport-logistika salohiyatini oşirişda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
– Bugun bu sohada tom ma’noda yangi davr boşlanmoqda, desak, töğri böladi. Xalqimiz uçun taraqqiyot va farovonlik timsoli bölib xizmat qiladigan uşbu yirik loyihaning boşlanişi barçamizga muborak bölsin, – dedi prezident.
Qayd etilganidek, sönggi yillarda mamlakat iqtisodiyoti 3 karra ösdi. 2030 yilga borib uning hajmini 240 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilingan. Bu esa yöl-transport va logistika infratuzilmasini iqtisodiyotning ösiş sur’atlariga muvofiq rivojlantirişni talab etadi.
Bugun Özbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yöl ötadi. Ularning 30 foizi töliq quvvatda, yana 25 foizi ortiqça yuklama bilan işlamoqda.
«Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» va Transafğon temiryöllari işga tuşgaç, mamlakat Tinç okeanidan Yevropagaça bölgan eng qisqa quruqlik yölagining asosiy böğiniga aylanadi. Pokiston portlari orqali Hind okeani va Janubiy Osiyo bozorlariga çiqiş uçun ham yangi imkoniyatlar oçiladi.
Hisob-kitoblarga köra, yiliga qöşimça 15-20 million tonna tranzit yukini qabul qiliş 400-600 million dollar daromad, logistika markazlari va terminallar uçun 3 milliard dollar investitsiya hamda 50 mingta barqaror iş örni yaratiş imkonini beradi.
Şu maqsadda 2030 yilga qadar Andijon bilan Qönğirotni, Termiz bilan Toşkentni boğlovçi 4 ming kilometr xalqaro yöllarni yuqori talablarga javob beradigan zamonaviy tranzit yölaklarga aylantiriş rejalaştirilgan. Toşkent – Samarqand yangi avtomobil yöli uşbu strategik dasturning muhim qismi böladi.
Sönggi 10 yilda 78 trillion söm hisobidan 128 ming kilometr yölda quriliş va ta’mirlaş işlari amalga oşirildi. Endi mamlakatimizda ilk bor eng yuqori toifadagi zamonaviy avtomagistral barpo etilmoqda.
Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar bölgan olti polosali yölning umumiy uzunligi 282 kilometrni taşkil etadi. U Toşkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi aholisi 2 milliondan ziyod bölgan 13 ta tuman orqali ötib, hududlar uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Loyiha doirasida 92 ta köprik, 28 ta yöl ötkazgiç, 60 ta tunnel tipidagi ötiş joyi, şuningdek, qişloq xöjaligi ehtiyojlari uçun yer osti yölaklari va suv ötkaziş inşootlari quriladi.











