Qirğizistonlik tadbirkorlar Moskva va Tambov oblastlaridagi Wildberries logistika majmualariga dronlar hujumi oqibatida zarar kördi. Bu haqda Qirğiziston iqtisodiyot va tijorat vaziri Bakit Sidiqovning Qirğizistondagi Wildberries vakili bilan uçraşuvi yakunlari böyiça ma’lum qilindi.

Vazirlikning bildirişiça, tikuvçilik sohasida faoliyat yurituvçi tadbirkorlarning mahsulotlari kompaniyaning Elektrostal va Kotovsk şaharlaridagi omborlarida saqlanayotgan bölgan. Wildberries vazirlikka zarar hajmini baholaş işlari olib borilayotgani, ombor infratuzilmasiga yetgan zarar aniqlanayotgani va omborlardagi mahsulotlar inventarizatsiya qilinayotganini ma’lum qilgan.

Baholaş işlari va olingan ma’lumotlarni tahlil qiliş yakunlanganidan söng vazirlik oqibatlarni bartaraf etiş böyiça qöşma yeçimlarni işlab çiqiş maqsadida kompaniya vakillari bilan yana bir bor uçraşişni rejalaştirmoqda.

«Mahalliy tadbirkorlarga yetkazilgan dastlabki zarar hajmini aniqlaş maqsadida Qirğiz Respublikasi Iqtisodiyot va tijorat vazirligi tomonidan tikuvçilik sohasi sub’yektlari örtasida sörovnoma orqali ma’lumot töplandi», - deyiladi vazirlik bayonotida.

Marketpleys ofertasiga köra, fors-major sababli majburiyatlarni bajarmaslik holati yuzaga kelgan bölsa, Wildberries javobgarlikdan ozod etiladi. Fors-majorga «töxtatib bölmas kuçlar», tabiiy ofatlar, ifloslantiruvçi yoki zaharlovçi moddalarning çiqib ketişi, iş taşlaşlar va boşqa favqulodda vaziyatlar kiradi.

18–22 iyul kunlari Wildberries’ning Kotovsk va Elektrostaldagi taqsimlaş markazlari hamda Krasnodar va Nevinnomissk şaharlaridagi omborlari hujumga uçradi. Eng oğir oqibatlar Kotovskda qayd etildi -yetti nafar xodim halok böldi, yana 23 kişi şifoxonaga yotqizildi.

Elektrostal logistika majmuasiga dron bölaklari tuşişi natijasida çiqqan yonğin uç sutkada öçirildi.

22 iyul keçasi kompaniyaning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga ham dronlar hujumi uyuştirildi. Krasnodarda ön kişi jarohatlandi, ulardan biri şifoxonada vafot etdi. Nevinnomisskda esa bir kişi şifoxonaga yotqizildi.

Hujumlardan söng Wildberries logistika zanjirlari qayta taşkil etilganini va platforma odatiy rejimda işlaşda davom etayotganini bildirdi.