Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari hamda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida xalqaro qidiruvda bölgan uç nafar şaxsni Özbekistonga ekstraditsiya qilişga erişdi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Turkiyaning Istanbul şahrida yaşirinib yurgan xalqaro qidiruvdagi uç nafar şaxsning turgan joyi aniqlanib, ular qölga olindi.
Jumladan, Samarqand viloyatida tuğilgan 28 yoşli şaxs jinsiy zöravonlik bilan boğliq oğir jinoyatni sodir etganlikda ayblanib xalqaro qidiruvga berilgandi.
Şuningdek, Buxoro viloyatida tuğilgan 34 yoşli şaxs firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bölgan.
Toşkent şahrida tuğilgan 50 yoşli şaxs esa yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib xalqaro qidiruvga berilgan.
Qölga olingan şaxslar belgilangan tartibda Özbekistonga olib kelinib, tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirildi.













