Bu birinçisi emas...
Mirzaçöldagi fojia sun’iy suv hovuzlari bilan boğliq ilk baxsiz hodisa emas. Joriy yilning 3 iyun kuni Farğona viloyati Boğdod tumanida membranali qoplama bilan jihozlangan suv havzasiga tuşib ketgan bir fuqaro çökib halok bölgan edi.
Bundan avval ham şunday fojia kuzatilgan. 2025 yil iyul oyida Andijon viloyati Oltinköl tumanida tomçilatib suğoriş tizimi uçun qazilgan hovuzga çömiliş uçun tuşgan ikki nafar töqqiz yoşli bola suvga çökib vafot etgan. Bunday ma’lumotlarni yana davom ettiriş mumkin, albatta.
Uşbu hodisalarni birlaştirib turgan umumiy jihat şundaki, ularning barçasi suv tejovçi texnologiyalar uçun qurilgan sun’iy hovuzlarda sodir bölmoqda. Bu esa gap alohida bir baxsiz hodisa haqida bormayotganini, balki bunday inşootlarning xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanmayotganini körsatadi.
Bu hovuzlar hozirça muqarrar tuzoq
Sönggi yillarda Özbekistonda suv tanqisligi kuçayib bormoqda. Şu bois davlat qişloq xöjaligida suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişga alohida e’tibor berilmoqda.
Bugun yuz minglab gektar maydonlarda tomçilatib suğoriş tizimlari işlamoqda. Bu texnologiyaning asosiy qismi esa sun’iy suv hovuzlaridir. Ular kanal yoki ariqdan kelgan suvni yiğib turadi, keyin nasoslar orqali suğoriş tarmoğiga uzatadi.
Suvning yerga şimilib ketmasligi uçun hovuz tubiga geomembrana yoki polimer plyonka yotqiziladi. Bu texnologiya suvni tejaş nuqtai nazaridan samarali hisoblanadi. Ammo ayni şu qoplama namlanganida öta silliq yuza hosil qiladi. Agar hovuz tik qiyalikda qurilgan bölsa, suvga tuşgan odam devorga tirmaşib çiqişi amalda juda muşkul. Şu bois bunday inşootlarda panjara, çiqiş zinalari va qutqaruv moslamalarining bölişi xavfsizlikni ta’minlaydi.
Harqalay, dunyo amaliyotida şunday tajriba qöllanadi. Hozirça biz bu haqida endi öylay boşlayapmiz.
Vazirlik ogohlantirganini aytmoqda
Jizzaxdagi fojiadan 43 kun avval Suv xöjaligi vazirligi hududlarga barça sun’iy hovuzlarni xatlovdan ötkaziş, ular atrofini töliq öraş, ogohlantiruvçi belgilar örnatiş va fermerlarni bu haqda rasman ogohlantiriş böyiça topşiriq yuborganini ma’lum qildi.
Vazirlikka köra, bugungi kunda tomçilatib suğoriş tizimlari uçun












