Sudlanuvchilar 2013 yil sentabrda Qohira yaqinidagi Al-Giza viloyatida politsiyachilarga hujumni rejalashtirgan va amalga oshirgan guruh tarkibiga kirgan. Hujum vaqtida yuqori lavozimdagi politsiya zobiti o‘ldirilgan.
2014 yilda bo‘lib o‘tgan birinchi instansiya sudi 12 sudlanuvchini o‘lim jazosiga va 10 nafarini umrbod qamoq jazosiga mahkum qilgan, bir nafarini oqlagan. O‘shanda 13 nafar sudlanuvchi yuzma-yuz sudlangan, ular hukm yuzasidan apellyatsiya berishgan. Bu apellyatsiya qabul qilinib, ishni qayta ko‘rish belgilangan. Qayta sud jarayoni bo‘yicha hukm 24 sentabrda chiqarildi.











