Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Boris Jonson Anqaraga taşrifi çoğida öz uyida Turkiyada işlab çiqarilgan kir yuviş maşinasidan foydalanişi va uning xizmat körsatişidan juda mamnun ekanligini aytdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Bizda bölişişimiz mumkin bölgan köp narsalarimiz bor. Turkiyada har yili 2 million ingliz fuqarosi dam oladi. Umid qilamanki, ular bu yerda özlarini yaxşi tutişmoqda. Bizning ham omadimiz çopgan: Birlaşgan Qirollikda biz Turkiyada işlab çiqarilgan mahsulotlardan foydalaniş imkoniga egamiz. Men öz uyimda turk rusumidagi kir yuviş maşinasini qöllayman. U haqiqatdan ham yaxşi işlaydi", - dedi Jonson jurnalistlarga.
Jonson Usmoniylar sulolasiga mansub ekanligini yodga soldi va "öz ajdodlari zaminida turganidan baxtiyor" ekanligini ta'kidladi.













