Bugun italiyalik hujumçi Françesko Totti 40 yoşni qarşiladi.
Futbolçilik faoliyatini tölaligiça «Roma»ga bağişlagan Totti 1993 yili debyut qilganida 16 yoşda edi.
Şu vaqtgaça u klub uçun jami 763 uçraşuvda maydonga tuşgan va 306ta gol urgan. Uning hisobida Italiya çempionatida urilgan 250ta gol mavjud – Totti turnir tarixidagi ikkinçi bombardir hisoblanadi, uning natijalari faqatgina Silvio Piolenikidan pastroq.
2001 yili Totti «Roma» bilan Italiya çempionligiga erişgan. U jamoa bilan 2 marta mamlakat kubogida, yana 2 marta Italiya Superkubogida ğolib çiqqan.
Françesko Totti Italiya terma jamoasi bilan 2006 yili jahon çempioni bölgan.
Bugungi kunda bir jamoaga sadoqati bilan barçaga örnak böla oladigan Tottiga oid 10ta fakt quyida keltirib ötiladi.
1. Rim papasi bilan uçraşuv

Françesko örtahol oilada tuğilgan va eng oddiy maktablardan birida tahsil olgan. Lekin uning omadi kelgan, maktab öquvçilari Rim papasi Ioann Pavel II qabuliga boradigan bölgan. Bolalardan aksari maktabdan ketganida Totti öqiydigan sinf qabulga olib borilgan va pontifik «Roma»ning bölğusi sardori peşonasidan öpgan. Bu marosim bolada katta taassurot qoldirgan va keyinçalik futbolçi Ioann Pavel II e'tibori unga taqdir alomati ölaroq köringani haqida aytib ötgan.
2. «Roma»da 21 yoşdayoq sardorlik

Rimliklar jamoasini Zdenek Zeman boşqargan davrlar, 21 yoşli Françesko esa 5 yil davomida jamoada bölib ösişga erişgandi. U Karlo Matstsone (Roberto Badjo va Andrea Pirloning sevimli murabbiyi) tarbiyasini körgan, Zemanning 4-3-3 sxemasida çap qanot hujumida özini erkin sezadigan futbolçi edi. Totti 1998 yilda murabbiydan sardorlik boğiçini oladi, avvaliga bu qaror vaqtinça edi, keyin esa bu butunlayiga böldi. Futbolçi bunga munosib javob qaytardi: A Seriyaning 1998/99 yilgi mavsumida eng yaxşi futbolçi böldi.
3. Jarohat - oyoqdagi pölat plastina














