Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Okrug saylov komissiyalarining birinchi majlislari bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 25-27 sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining birinchi majlislari bo‘lib o‘tdi.
Okrug saylov komissiyalarining majlislarida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturidan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq okrug saylov komissiyalari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, komissiya a'zolari o‘rtasida vazifalar taqsimlandi.
Majlislarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish borasida komissiya a'zolari oldida turgan muhim, xususan saylov uchastkalarini tuzishga oid vazifalar ham muhokama qilindi.
Majlislarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta'kidlandi. Okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlarini tuzish haqida qarorlari qabul qilindi.
Okrug saylov komissiyalari majlis yakunlari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifinglar o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59
-
8,4 mlrd dollarlik oltin sotuvi, sezilarli darajada oshgan benzin importi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 22:00
-
Rossiya qiruvchilari va dronlari NATO davlatlari havo hududiga «tasodifan uchib kirish»da davom etmoqda
Jahon | 21:55
-
Avtomobil importida yangilik va ommaviy plogging eko-aksiyasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:52
Mavzuga oid

11:10 / 04.12.2016
Prezident saylovida davomat 33 foizdan oshdi: Saylov bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi

09:18 / 04.12.2016
Prezident saylovi: Soat 9:00 holatiga davomat 17,7 foizni tashkil etmoqda

09:01 / 04.12.2016
Prezident saylovida 555 mingdan ziyod yoshlar birinchi marta ovoz bermoqda

12:55 / 03.12.2016