Trampning ta’kidlaşiça, AQŞ bosimi kuçayib borsa, Tehron rahbariyati oxir-oqibat qarşilikni davom ettira olmasligini tan oladi.
«Biz ularga butun kuçimiz bilan zarba beramiz. Oqibatda Tehron rahbariyati: “Biz endi bunga çiday olmaymiz”, deydi», - dedi AQŞ prezidenti.
The Wall Street Journal naşri manbalariga tayanib xabar berişiça, Tramp Eronni qurol taşlaşga majbur qiliş maqsadida yangi hujumlar tayyorlaş böyiça körsatma bergan. Manbalarga köra, operatsiya şu dam oliş kunlari boşlanişi mumkin. Biroq diplomatik muzokaralarda ijobiy siljiş kuzatilsa, prezident hujumlarni bekor qilişi yoki qarorini özgartirişi ham ehtimoldan xoli emas.
CBS News ma’lumotiga köra, AQŞ va Isroil Eronning energetika infratuzilmasiga qarşi qöşma zarbalar beriş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Ehtimoliy nişonlar sifatida neftni qayta işlaş zavodlari hamda elektr stansiyalari körilmoqda. Telekanalning ta’kidlaşiça, Tramp hozirça operatsiyani amalga oşiriş böyiça yakuniy ruxsat bermagan.
Avvalroq, iyul oyida AQŞ Eron hududidagi harbiy ob’yektlarga bir neça marta havo zarbalari bergan edi. Vaşington bu harakatlarni Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining Hörmuz böğozidagi xalqaro kemalarga tahdid soliş imkoniyatlarini çeklaş bilan izohlagan. Eron esa qöşni davlatlardagi AQŞ harbiy bazalari nişonga olinganini bildirib, qarşi hujumlar uyuştirgan.
The New York Times ma’lumotiga köra, 24 iyul kuni Tramp yuqori martabali maslahatçilari bilan uçraşuvdan söng Eronga qarşi keng kölamli yangi hujumlarni vaqtinça keçiktirişga qaror qilgan. Naşr bu qarorga havo mudofaasi uçun Patriot majmualari raketalari zaxirasi kamayişi, şuningdek, ehtimoliy jahon energetika va iqtisodiy inqirozi xavfi ta’sir körsatganini yozgan.
Şunga qaramay, 30 iyul kuni AQŞ harbiylari mintaqadagi amerikalik harbiylarga raketa hujumi uyuştirişga urinişga javob sifatida Erondagi ayrim nişonlarga yana zarba berilganini ma’lum qildi.











