Tailandning Srinakarinvirot universitetida Özbekistonda bölib ötadigan Prezident sayloviga bağişlangan seminar ötkazildi.

Bangkokda 1949-yilda taşkil topgan Srinakarinvirot universiteti Tailand hamda Osiyo va Tinç okeani mintaqasining eng yetakçi oliy öquv dargohlaridan biri sanaladi. Bugungi kunda 25 mingdan ziyod talaba tahsil oladigan mazkur universitet pedagogika, tibbiyot, farmatsevtika, muhandislik, iqtisod, siyosatşunoslik, yangi texnologiyalar va turizm sohalariga mutaxassislar yetiştirib beradi.

Tadbir çoğida yiğilganlarga mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlikning borişi, milliy saylov tizimining öziga xos jihatlari, me'yoriy-huquqiy asoslar, yuksak davlat rahbari lavozimiga nomzodlarning saylovoldi dasturlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Şu bilan birga, uçraşuv qatnaşçilari mamlakatimizning barça sohalarda erişgan muvaffaqiyatlari hamda butun dunyoda e'tirof etilgan taraqqiyotning özbek modeli tamoyillari bilan tanişdilar.

Seminar doirasida Özbekistonning tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik imkoniyatlari, şuningdek, bölib ötadigan Prezident sayloviga bağişlangan stend taşkil etildi.

Srinakarinvirot universitetining xalqaro masalalar böyiça vitse-prezidenti Prit Supasetsiri Özbekiston haqidagi foydali ma'lumotlar uçun tadbir taşkilotçilariga öz minnatdorligini bildirdi hamda mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotining barça sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

Şuningdek, P.Supasetsiri özbek xalqining buyuk mutafakkirlari va atoqli olimlarining dunyo ilm-fani tamadduniga qöşgan beqiyos uluşini alohida qayd etdi.

Öz navbatida, Özbekistonning saylov qonunçiligi umume'tirof etilgan demokratik me'yorlar va andozalarga töla mos kelişini ta'kidlar ekan, mamlakatimiz xalqiga Prezident saylovini muvaffaqiyatli ötkazişda omad tiladi.

Manba: jahonnews.uz