Yoş ötgan sari zinopoyalar böylab tepaga çiqib, tuşiş qiyinçilik tuğdiradi. Öz uyingizda individual liftning paydo bölişi keksa insonlar uçun muhim va zaruriy vositaga aylanişi mumkin. LiftonDuo Home lifti aynan yoşi katta kişilarning oğirini yengil qiliş uçun yaratilgan. Şuningdek, u imkoniyati çeklangan insonlar uçun ham mos keladi.

Lift eng sönggi texnika va texnologiya vositalari yordamida işlab çiqilgan. Unda jarohatlar va ortiqça köngilsizliklarning oldini oliş maqsadida pastda heç narsa va heç kimsa yöqligini aniqlaşga yordam beradigan aqlli tizim, sensorlar mavjud.

Şuningdek, kötariş tizimi şaxsiy akkumulyator bilan jihozlangan bölib, u markaziy elektr quvvat tizimiga boğliq emas va elektr yetmagan holatda ham öz vazifalarini bajarişda davom etaveradi. 

Işlab çiqaruvçilar fikriga köra, LiftonDuo Home TARDIS vaqt maşinasi uslubida «Şifokor Kim» serialidagi lift körinişida yaratilgan. Qavatdan-qavatga harakatlaniş bahosi arzon emas, lift narxi naqd 21 000 dollar turadi.