O‘zbekistonda ichki ishlar xodimlariga g‘ayriqonuniy tinch namoyishlarni bartaraf etishda qurol qo‘llash taqiqlangan

O‘zbekiston ichki ishlar idoralari xodimlari kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar, mitinglar, namoyish, ommaviy chiqish va piketlarni bartaraf etishda maxsus vositalar, shu jumladan, gazli va shikastlantiruvchi qurol qo‘llashi taqiqlanadi. Bu haqda «Postda» gazetasi ma'lumoti asosida «1news.uz» xabar bergan.
16 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunda ana shu talab ilgari surilgan.
Qonunda jinoyatlarga chek qo‘yish va ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun jismoniy kuch ishlatishga ruxsat beriladi.
Ammo har qanday holatda ham odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a'zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi.
Mazkur qonun rasmiy e'lon qilingan kundan olti oy keyin kuchga kirishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Serbiya prezidenti urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga keldi
Jahon | 14:05
-
Hindistonda yo‘lovchi samolyot quladi
Jahon | 14:03
-
🔴 LIVE: AQShdagi mojaro, G‘azodagi qamal va Isroilga sanksiyalar – “Geosiyosat” muloqoti
Jahon | 14:02
-
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston | 13:50
Mavzuga oid

10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi

16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi

13:51 / 22.12.2023
IIO navbatchilik qismlarida fuqarolarni alkotester yordamida tekshirish tartibi e’lon qilindi

08:28 / 25.10.2023