Ma'lumotlarga köra, ön uçni yoqtirmaslik birdaniga paydo bölmagan. Örta asrlarda inglizlar uni “nonvoy dyujinasi” deb ataşgan. Sababi, öşa paytda xaridor haqidan urib qolgan savdogarlar qattiq jazoga tortilar, hatto qöli çopilardi. Bundan qörqqan nonvoylar xaridorlarni kattaroq miqdorda savdo qilişga rağbatlantiriş maqsadida, bir dyujina mahsulot olgan mijozga bitta qöşib, ön uçga yetkazib berişardi. Bu haqda Mehrob.uz yozmoqda.
Ön töqqizinçi asrgaça 13 soni bilan aloqador qörquv faqat bitta sohada bölgan: yevropaliklar dasturxon atrofida ön uç kişi bölib ötirişdan saqlanişgan. Agar şunday bölib qolsa, ulardan biri keyingi yil davomida vafot etadi, deb hisoblaşgan.Bu irimning yuzaga kelişiga esa Iso masih öz umrining oxirgi oqşomida ön ikki nafar havoriysi bilan bir dasturxon atrofida ovqatlanişgani, ertasiga Isoning xoçga mixlanişi haqidagi töqima rivoyatni sabab qilib olişgan. Köpçilik Ğarb mamlakatlarida, masalan, Fransiyada buning uçun maxsus agentlik ham işlagan: muayyan miqdordagi pul evaziga ön uç kişilik davraga “ön törtinçi mehmon”ni yetkazib berişgan. Ön töqqizinçi asrga kelib esa kişilar, qaysi sohada bölmasin, ön uçdan qörqa boşlaşgan.
Aslida nasroniylikning özi ön uçga hamişa baxtli son deya qaragan, çunki u Iso va havoriylarini ramziy aks ettirgan, aslo ularning sönggi oqşomda birga ovqatlanişlarini emas. Hozirda ham çerkov bu sondan qörqişni gunoh deya ta'kidlaydi, lekin odamlar haqiqatan köra xurofotga köproq moyil bölişlari sabab bu irim “bolalab” ketgan...

Qançalar ğalati bölmasin, Farbda bu irimga bugun ham köpçilik qattiq işonadi. Şu sababli ayrim köpqavatli binolarda 13-qavat yöq: yo 12 dan keyin 14-qavat keladi yoki 12 A va 12 B qavatlar böladi, ba'zilarida 13-qavat şunçaki “+1” deya belgilanadi. Bu holat uy raqamlariga, teatrlardagi örindiqlar qatorlariga, kema kayutalariga, samolyotdagi qatorlarga ham tegişli. “Formula–1” avtopoygalarida ham 12-raqamli maşinadan keyin 14-raqamlisi keladi.
“Apollon–13” fazo kemasining halokatini ham köpçilik uning tartib raqamiga aloqador, deb biladi. U 1970 yil 11 aprelda, şarqiy yozgi vaqtga köra 14:13da parvoz majmuasidan uçirilgandi. Kema Oy orbitasiga aynan 13 aprel kuni çiqişi kerak edi.

Biroq, Şarqda: Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Saudiya Arabistonida, şuningdek, Italiyada ön uçdan umuman qörqişmaydi. Mayya hindularida esa ön uç muqaddas va xosiyatli son. Hongkongda omad keltirişiga işonib, telefon raqamlari va boşqa holatlarda şu sonni olişga intilişadi.
Bu ma'lumotlarni keltirişdan maqsad, ön uç sonidan qörqadiganlarni qoralab, xosiyatli deb biladiganlarni yoqlaş emas, aslo. Bularning hammasi irimdan, tasodifdan boşqa narsa emasligini, insonning boşiga keladigan işlar, ayrimlar işonganidek, buyumlar yoki sonlarga boğliq bölmasligini yana bir bor ta'kidlaşni istadik.











