London meri Sodiq Xon Buyuk Britaniya hukumatini mamlakatda yaşab, mehnat qiluvçi YeIdagi muhojirlardan Brexit muzokaralarida "foydalaniş"da aybladi. 

Seşanba kuni Leyboristlar partiyasi konferensiyasida çiqiş qilgan Xon muhojirlarga nisbatan qöllayotgan siyosati uçun konservatorlardan iborat hozirgi hukumatni, şuningdek ötgan yilgi saylovlarda ğalaba qozona olmagan Leyboristlar partiyasining sobiq rahbariyatini tanqid ostiga oldi.

U Yevroittifoqdagi muhojirlarga minnatdorçilik bildirdi va ularning "Britaniyada iliq kutib olinişi"ni ma'lum qildi. "Ular soğliqni saqlaş, ta'lim, quriliş va biznes sohalariga ulkan hissa qöşişmoqda, bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega", - dedi Xon. 

London meri 2020 yildagi umumxalq saylovlarda ğalaba qozoniş hozirda tanazzulga yuz tutgan Leyboristlar partiyasining muhim vazifasi ekanligini aytdi. "Leyboristlar hukumat tepasiga qaytsagina mamlakatimizda özgarişlar böladi", - dedi u. Mamlakatning hozirgi hukumati oldida turgan muammolar orasida u ösib borayotgan ekstremizm, nafratga asoslangan jinoyatçilik, aholining boy va kambağal qatlamlari örtasidagi tafovutni sanab ötdi.