Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengaşining navbatdan  taşqari ön beşinçi sessiyasi bölib ötdi. Unda taşkiliy masala körib çiqildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan xabar qilingan.

Deputatlar viloyat hokimi Oybek Aşurmatovning Boyovut tumani hokimi lavozimiga «Özvinosanoat-xolding» kompaniyasi boşqaruvi raisining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari vazifasida işlab kelayotgan Rahimjon Mahamadjonoviç Boboyevni saylaş töğrisidagi qarorini muhokama qildi.

27-Iqbol saylov okrugidan viloyat Kengaşi deputati, Boyovut tumani tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimi mudiri Örazali Norbötayev, 23-Hosilobod saylov okrugidan tuman Kengaşi deputati, Boyovut agrosanoat kasb-hunar kolleji direktori Gözal Saitqulova,  «Olmazor» qişloq fuqarolar yiğini raisi Aliqul Xonimqulov  va boşqalar öz sözlarida hokimlikka nomzod haqida iliq fikrlar bildirib, deputatlardan viloyat hokimining qarorini tasdiqlaşni söradi.

Rahimjon Mahamadjonoviç Boboyev Boyovut tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, viloyat hokimi Oybek Aşurmatov tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş töğrisida ma'ruza qildi.

Sessiya işida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatçisi Davron Nazarmuxamedov iştirok etdi va sözga çiqdi.