AQŞ Senati Obamaning 11 sentabr voqealari sabab Saudiya Arabistoniga qarşi da'vo qözğaşga imkon beruvçi qonun loyihasiga qöygan vetocini bartaraf etdi.

Associated Press naşri xabariga köra, 97 nafar senator prezidentning vetosi qaytarilişi uçun ovoz bergan, bir kişi bunga qarşi çiqqan. 

Ötgan haftada AQŞ prezidenti Barak Obama 11 sentabr teraktlari qurbonlari oilalariga Saudiya Arabistoniga qarşi da'vo qözğaşga imkon beruvçi qonun loyihasiga taqiq qöyiş niyatida ekani ma'lum bölgandi.

Gap xalqaro terrorçi taşkilotlar tomonidan AQŞda amalga oşirilgan hujumlar oqibatida halok bölganlar oilalariga mazkur terrorçi taşkilotlarni AQŞ hududida qöllab-quvvatlayotgan davlatlarga qarşi da'vo qözğaşga imkon beruvçi qonun haqida edi.

AQŞ prezidenti ma'muriyati mazkur qonun loyihasiga qarşi ekanligini boşqa davlatlar uni amerikalik diplomatlar, harbiylar yoki kompaniyalarni mahkamaga tortiş uçun foydalanişi mumkinligi bilan izohlagandi.

Oq uydagilar bu qonun AQŞning milliy manfaatlariga ziyon keltirişi mumkinligini, mamlakatning yaqin hamkorlari bilan munosabatlari qiyinlaşişiga olib kelişidan xavotir bildirişgan.