Xitoyning Şansi viloyatidagi şör suvli Yanxu köli ikki xil rangli suv havzasiga aylandi.
TJournal naşri keltirgan suratda avtoyöl bilan ajralgan Yanxu kölining bir qismi puşti rangga kirganini köriş mumkin.
Suv rangining özgarişiga havzani qizil rangli körinişga keltira oladigan Dunaliella salina mitti suv ötlari sabab böldi.
Ma'lumot uçun, Yanxu dunyodagi eng yirik 3 şör suvli köldan biri hisoblanadi va «Xitoy Ölik dengizi» nomini olgan.

Bu köl dunyoda yagona puştirang suv havzasi emas. Dakar şimoli-şarqidagi Retba, Qrimdagi Sassiq Sivaş, Ğarbiy Avstraliyadagi Hilliyer köllari ham turli sabablarga köra puştirangda.









