Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugundan O‘zbekiston prezidentligi uchun saylovlarda nomzodlar rasman ilgari surila boshlanadi
2016 yilning 2 sentabrida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida insult kasalligidan vafot etgan edi. Hozirda, davlat rahbari vazifasini vaqtincha bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bajarib kelmoqda. Prezident saylovi esa shu yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar oliy organlari 30 sentabrdan 20 oktabrgacha bo‘lgan muddat ichida Markaziy Saylov Komissiyasi qarori bilan belgilangan rejaga mos ravishda o‘z nomzodlarini prezidentlik uchun ilgari suradi.
Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston rahbarligi uchun saylov e'lon qilingan kundan 6 oy muqaddam ro‘yxatdan o‘tgan siyosiy partiyalargina prezident saylovida ishtirok eta oladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan barcha to‘rtta siyosiy partiya o‘z plenumlarini o‘tkazib, prezidentlik saylovida ishtirok etishga qaror qilgan edi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevni, "Milliy tiklanish" milliy demokratik partiyasi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Sarvar Otamurodovni, Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchisi Hotamjon Ketmonovni va "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi Narimon Umarovni prezidentlikka nomzod sifatida tavsiya qilgan edi. Nomzodlarning barchasi oktabr oyi o‘rtalarida bo‘lajak partiya s'yezdlarida tasdiqlanishi kerak.
O‘tgan haftada O‘zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov barcha to‘rtta siyosiy partiyalarga prezidentlik saylovida ishtirok etish huquqi taqdim etilganini ma'lum qilgan edi. Ular 20 oktabr kunigacha davom etadigan imzo yig‘ish jarayonida, qonunchilikka binoan barcha saylovchilarning bir foizi (214,35 ming imzo) miqdorida imzoni to‘plashi talab etiladi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026