Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Özbekistonga xorijdan jami 2 mln 354 ming 943 dona mobil telefon olib kirilgan.

Ularning umumiy qiymati 477 mln AQŞ dollariga teng bölgan.

Mobil telefonlar importi ötgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli ösgan. Xususan, 2025-yilning yanvar–iyun oylariga nisbatan import qilingan telefonlar soni 477 ming 534 donaga yoki 25,4 foizga köpaygan.

Mazkur davrda Özbekistonga eng köp mobil telefon Xitoydan yetkazib berilgan - 1 mln 812 ming 938 dona.

Keyingi örinlarda Vetnam - 462 ming 38 dona, Hindiston - 39 ming 578 dona va Koreya Respublikasi - 28 ming 841 dona bilan qayd etilgan.

Boşqa davlatlardan esa jami 11 ming 548 dona mobil telefon import qilingan.

Şu tariqa, birinçi yarim yillikda Özbekistonga import qilingan mobil telefonlarning qariyb 77 foizi Xitoy hissasiga töğri kelgan.