Myunxenning «Bavariya» jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan murabbiylar shtabi va jamoa futbolchilarini YeChLning guruh bosqichi, 2-turi doirasida Madridning «Atletiko» jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatni chuqur tahlil qilishga chaqirdi. Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu o‘yindan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi.

«Atletiko» — haddan tashqari kuchli jamoa. Lekin «Bavariya»dagilar o‘z oldilariga shunday savol qo‘yishlari kerak: nega jamoa bu o‘yinda esa variantlarsiz ko‘rindi. Holbuki, keyingi vaqtlarda jamoa o‘yini rang-barang edi. G‘oyalardan tashqari, jamoaga bu o‘yinda tezlik yetishmadi. Robben va Riberi har safar raqib darvozasiga orqa o‘girib turardi. Bu ahvolda ko‘p narsaga erishib bo‘lmaydi», — deya Kanning so‘zlarini keltiradi Sport1.