Ukraina hamkorlariga Rossiya bilan öta muhim infratuzilmani vayron qilişni töxtatadigan kelişuvni taʼminlaşni taklif etdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy maʼlum qildi.

Davlat rahbarining fikriça, oziq-ovqat, energetika va hayotni taʼminlovçi boşqa asosiy unsurlar himoya ostida bölişi kerak, çunki «Rossiya zarbalari avvalo aynan şularga qarşi qaratilgan». U har kuni Ukraina energiya obyektlari, port infratuzilmasi, logistika, oziq-ovqat va farmatsevtika omborlari nişonga olinayotganini eslatib ötdi.

«Ukraina Rossiyaning qandaydir kelişuvga rioya qiliş istagi borligiga işonçi komil emas», – dedi Zelenskiy va bu borada Ukrainaning pozitsiyasini eʼlon qildi.

Uning sözlariga köra, «agar hamkorlar Rossiyaning elektr energiyamiz, boşqa energetika obyektlarimiz, muhim infratuzilmamiz, oziq-ovqat taʼminotiga zarba bermaslikka tayyor bölsa, biz ham, albatta, öz zarbalarimizni töxtatişga tayyormiz».

Zelenskiy bu işonçli, uzoq muddatli bölişi va odamlar hayotiga sezilarli taʼsir körsatişi kerakligini taʼkidladi.

«Bu rossiyaliklar öz saylovini ötkazib, ayni şu vaqtda benzin va dizel böyiça keskinlikning yumşaşiga erişganidan söng barbod bölmasligi kerak», – deb taʼkidladi prezident.

U uruşni tugatiş kerakligini qayd etdi: «Muhim infratuzilma böyiça deeskalatsiya tinçlik sari birinçi qadam bölişi mumkin».

Prezident Ukrainada hamkorlardan aniq takliflar kutilayotganini qöşimça qildi.

14-sentabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp göyoki Ukraina Rossiya energetika obyektlariga zarba bermaslikka rozi bölganini aytdi. Uning sözlariga köra, Rossiya ham xuddi şunday yöl tutişga rozi bölgan.

Şuningdek, Tramp dizel yoqilğisi böyiça jahon narxlarining ösişiga göyoki AQŞ-Eron uruşi emas, balki asosan Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş sabab bölganini aytdi.