Apple kompaniyasining yangi iPhone 7 smartfonini qölga kiritgan xaridorlardan biri qurilmaning portlab ketganligi töğrisida xabar berdi. Bu haqida Independent naşri ma'lum qildi. 

Reddit saytida kroopthesnoop niki ostidagi foydalanuvçi tomonidan çop etilgan suratlarda smartfonning bölaklarga ajralib ketganini köriş mumkin. Şuningdek qurilma joylaşgan qutiga ham ziyon yetgan. 

"Fabrika va yetkazib beriş xizmati örtasida nimadir sodir bölgan", - deya ma'lum qildi internet foydalanuvçisi. Uning sözlariga köra, telefondan foydalanişga ulgurmayoq portlaş röy bergan. 

Manbaga köra, smartfonni egasiga yetkaziş jarayonida akkumulyatorga ziyon yetgan bölişi mumkin. Telefon avval qizib ketgani, keyin esa portlab, qisman qutisiga ham ziyon yetkazgani taxmin qilinmoqda.