Turkiya politsiyasi tomonidan muxolifat yetakçisi Fathulloh Gulenning ukasi uşlandi.

Anadolu agentligi xabariga köra, Qutbiddin Gulen FETO taşkilotiga a'zolikda gumon qilinib, qölga olingan. U 16 iyuldan buyon Gaziyemirdagi qarindoşinikida yaşirinib kelgani aniqlangan.

Turkiya hukumati uning mamlakatdagi harbiy töntarişga urinişda ayblamoqda.

Bundan oldinroq Turkiya hukumati Fathulla Gulenning qarindoşini hibsga olgani haqida xabar berilgandi.

Turkiya Adliya vaziri Bekir Bözdoğ mamlakatda 16 iyul oqşomidagi isyonga aloqadorligi uçun hibsga olinganlar soni 32 ming nafarni taşkil qilayotgani haqida aytgandi.