«Selta» Ispaniya chempionatining 7-turida «Barselona»ni 4:3 hisobida yengdi.

Bu esa galisiyaliklar Luis Enrike bosh murabbiy bo‘lganidan buyon «Barselona»ni uchinchi marta mag‘lub etishi bo‘ldi. Bu Ispaniya klublari orasidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Enrike «Selta»ni «Barselona»ga almashtirganidan keyin jamoalar shu vaqtgacha jami 5 marta uchrashgan, bu o‘yinlarning 3tasida «Selta», 2 martasida «Barselona» g‘alaba qozongan.

«Real» Enrike Kataloniyaga qaytganidan keyin uning boshqaruvidagi «Barselona» bilan 4 uchrashuv o‘tkazgan, bu to‘qnashuvlarda 2 tomon ham 2 martadan g‘alaba qozongan.

«Atletiko» esa o‘zaro 7 uchrashuvdan bittasida g‘alaba qozongan, bir uchrashuvda durang qayd etilgan, 5ta g‘alaba «Barselon»da.

Manba: Tribuna.uz