Madridning «Real» jamoasi ğalabasiz seriyasini davom ettirdi. Zaynidin Zidan şogirdlari Primeraning navbatdagi turida ham ğalabaga erişa olmadi. Bungaça jamoa çempionatning avvalgi turlarida «Vilyarreal» (1:1) va «Las-Palmas» (2:2) jamoalari bilan durang qayd etgan, ötgan haftada YeÇLning guruh bosqiçi 2-turi doirasida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarşi keçgan bahs 2:2 hisobida yakunlangandi.

Ispaniya çempionatining 7-turida «Eybar»ni qabul qilgan «Real» yana muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Mehmonlar jamoasi «qirollik klubi»ga jang taklif qildi va uyga oçko bilan qaytdi. Öyinning 6-daqiqasida Fran Rikoyening pasini golga aylantirgan Andera Kapa «Eybar»ni olğa boşladi. 11 daqiqa ötib esa Garet Beyl Kriştianu Ronaldu uzatgan töpni darvoza töriga yöllab, hisobni tenglaştirdi — 1:1.

Öyinning qolgan vaqtida hisob özgarmadi.

Qayd etiş kerakki, Zidan bu öyinda jamoaning yetakçi futbolçilari Luka Modriç, Marselo va Kazemiro xizmatlaridan foydalana olmadi. Bu futbolçilar jarohat tufayli turli muddatlarga safdan çiqqan.

7 turdan keyin «Real» Ispaniya çempionati turnir jadvalida 2-örinda, «Eybar» 8-poğonada joylaşgan.

Real Madrid – Eybar 1:1
Gollar: 0:1 – 6 Riko, 1:1 – 17 Beyl.
Real Madrid – Navas, Varan (Naço, 46), Danilo, Karvaxal, Pepe, Isko (Asensio, 72), Kroos, Kovaçiç, Beyl, Ronaldu, Benzema (Morata, 46).
Eybar – Riyesgo, dos Santos, Luna, Kapa, Lejyen, Dani Garsiya, Eskalante, Leon, Riko, Penya (Bebe, 87), Enrik (Kike, 76).
Ogohlantirişlar: Eskalante (29), Karvaxal (44), Beyl (44), Dani Garsiya (48), Morata (56), Lejyen (57), Penya (71), Kroos (73), Riko (84).