Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Germaniyaning dunyoga mashhur avtomobilsozlik kompaniyasi raqobatchilaridan ortda qolish niyati yo‘qligini namoyish etmoqda. U ham tez orada akkumulyatorlarda yuruvchi ikkita modelini ishlab chiqarmoqchi. Elektrli Mini va yo‘ltanlamas X3 modelining ekologik toza namunasi.
Nemis avtogiganti rejalari xususida Bloomberg agentligi kompaniya vakillariga asoslangan holda xabar qilgan. Avvalroq, Reuters agentligi BMW rahbariyati arzon va kichik hajmli elektromobillar ishlab chiqish g‘oyasini salbiy baholagani haqida xabar qilgan edi. Shunga qaramay, BMW matbuot xizmati ikkita yangi elektromobil ishlab chiqish xususida xabar qilmoqda.
Shunday qilib, elektr Mini 2019 yilda ishlab chiqilsa, X3 undan bir yil o‘tgach paydo bo‘ladi. Aytish joizki, BMW bu borada birmuncha ilgarilab ketgan Daimler va Volkswagen konsernlari bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
“Elektromobil saratonga olib keladi deyish mutlaqo asossiz” - mutaxassis
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
23:59 / 12.07.2026