Nazarboyev Rossiya bilan tovar ayirboşlaşga yangiça tus berişga çaqirdi
Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya va Qozoğiston örtasidagi tovar ayirboşlaş yangiça tus olişi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqida "Vesti.Ru" xabar berdi.
U inqirozga qadar bölgan davrda ikki tomonlama savdo hajmi 20 milliard dollardan oşgani, hozir esa u 30 foizga tuşganini qayd etdi.
"Bunday şaroitlarda tovar ayirboşlaşga yangiça tus beriş lozim, buning uçun barça imkoniyatlar mavjud", - dedi Nazarboyev Rossiya-Qozoğiston biznes-forumida.
Sentyabr oyi boşida Rossiya Qozoğistondan keladigan göştga qöyilgan çeklovni bekor qilgani haqida xabar berilgandi.









