"Ota-ona bilan tanişuv", "Namunali urğoçi", "Muzeydagi tun" va boşqa köplab komedik filmlar böyiça taniqli bölgan amerikalik komik aktyor Ben Stiller unga saraton taşxisi qöyilganiga jiddiy yondaşgani haqida sözlab  berdi.

Stillerning aytişiça, unga bunday taşxis 2 yil avval qöyilgan va u bu kasallikni yengiş uçun operatsiyadan ötişiga töğri kelgan. Aktyor şifokorlar unda saratonni qanday bosqiçida aniqlaşganini aytmagan, biroq saratonni aniqlaşning zamonaviy sinovigina unga bu darddan foriğ bölişga yordam bergan.

Aynan şuning uçun Stiller oçiqçasiga öz tajribasi bilan bölişişni öz burçi deb hisoblab, odamlarni tibbiy körikdan muntazam ötişga çaqirdi. Çunki aktyorning fikriça, odam öz kasalligi haqida qançalik erta bilsa, uni yengişi şunçalik oson böladi. Aktyorning özi esa ösimtadan töliq xalos bölganiga qaramasdan, muntazam ravişda şifokorlar körigidan ötib turişni kanda qilmaydi.