AQŞ Federal qidiruvlar byurosi AQŞ Milliy xavfsizlik agentligiga işlagan xususiy kompaniya xodimini hibsga oldi. U maxfiy ma'lumotlarni öğrilaşda ayblanmoqda. Bu haqda The New York Times naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, hibsga olinuvçi MXB uçun maxfiy kiberoperatsiyalarni tuziş va amalga oşiriş bilan şuğullanuvçi Booz Allen Hamilton kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan. Gumonlanuvçi Rossiya, Xitoy, Eron va Şimoliy Koreya kompyuter tizimlariga kirişga möljallangan zararli dasturning kodini öğirlaganlikda gumon qilinmoqda.
Naşrning ta'kidlaşiça, AQŞ maxsus xizmatlarining ommaviy kuzatuv olib borişi haqidagi hujjatlarni oşkor etgan Edvard Snouden ham Booz Allen Hamilton bilan birga işlagan.












