Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi Amerikaning sun'iy aql dasturlarini işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi Viv Labs kompaniyasini xarid qilişga qaror qildi. The Wall Street Journal gazetasi öz saytida şu haqda yozmoqda. 

Eslatib ötamiz, Viv Labs startap bölib, unga Siri ovozli yordam beruvçi dasturini işlab çiqaruvçilar asos solgan. Siri dasturini 2010 yilda Apple korporatsiyasi xarid qilgan va şundan beri mazkur ilovani öz smartfonlariga örnatib keladi. Viv Labs yaqinda özining yangi işlanmasi Viv ovozli yordamçini keng ommaga tanitdi. 

Samsung kompaniyasi mobil qurilmalar uçun mas'ul texnologik bölinmasi direktori Injon Lining sözlariga köra, korporatsiya öz smartfonlariga 2017 yilning ikkinçi yarmidan boşlab Viv dasturlarini örnatiş niyatida. Ayni vaqtda, bitim narxi ma'lum qilingani yöq.