Sport | 15:07 / 06.10.2016
8184
2 daqiqa o‘qiladi

Shevchenko terma jamoaga Rossiya chempionatidan futbolchi chaqirmasligini bildirdi

Foto: Anatolii

Futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko milliy terma jamoa safiga Rossiya chempionatida ishtirok etuvchi futbolchilarni jalb qilmaydi.

U xorijlik futbolchilarni mahalliylashtirishga ham qarshi chiqmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning siyosiy jihati yo‘q.

«Menda bu bo‘yicha muammo bo‘lmaydi. Men Rossiyadan chaqirishni rejalashtirgan futbolchi yo‘q. Shuningdek, xorijlik futbolchilarni mahalliylashtirish haqida ham gap yo‘q. Darhol aytaman, bu siyosiy sabab tufayli emas», — deya Shevchenkoning so‘zlarini keltirgan Tribuna.com.

Qayd etish kerakki, hozirda Rossiya premer-ligasida bir necha nafar ukrainalik futbolchilar to‘p surmoqda. Xususan, Mahachqal'aning «Anji» jamoasida yarim himoyachi Dmitriy SHCHerbak va hujumchi Filipp Budkovskiy, «Ufa»da — darvozabon Bogdan Sarnavskiy va himoyachi Aleksandr Filin, «Tom»da xavbek Kirill Kovalchuk va hujumchi Aleksandr Kasyan, «Amkar»da — hujumchi Anton Shinder, «Rubin»da hujumchi Marko Devich, «Ural»da— xavbek Denis Kulakov, «Lokomotiva»da himoyachi Toras Mixalik.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid