Rossiya Premer-Ligasining 8-turidagi markaziy uçraşuv Sankt-Peterburgning «Zenit» va Moskvaning «Lokomotiv» klublari örtasida keçdi. Sankt-Peterburgda keçgan uçraşuvda maydon egalari 5:3 hisobida ğalaba qozonişdi.
«Zenit» safida gollarga Artyom Dzyuba, Sebastyan Driussi, Aleksandr Yeroxin va Oleg Şatov (dubl) mualliflik qilişdi. «Temiryölçilar»ning gollari Dmitriy Barinov, Aleksey Mirançuk va Fyodor Smolov tomonidan urildi.
Amaldagi çempionlar bölmiş «Lokomotiv» öyinni bir kişi kam bölib yakunladi - 77-daqiqada zaxiradan öyinga qöşilgan himoyaçi Dmitriy Tarasov ikki sariq kartoçka oldi va 82-daqiqada maydonni tark etişga majbur böldi..
Qayd etiş kerakki, bu keyingi 3 mavsumda Rossiya çempionatida kuzatilgan eng sermahsul öyin böldi. Avvalgi ikki mavsumdagi heç bir öyinda 8tadan ortiq gol urmagan. Oxirgi marta 2015 yil sentabrida bundan yirik hisob qayd etilgan, öşanda TsSKA «Mordoviya»ni 6:4 hisobida mağlub etgandi.
Endilikda «Zenit» oçkolari sonini 22taga yetkazdi va turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirdi, «Lokomotiv» 9 oçko bilan 11-örinda qoldi.
Keyingi turni moskvaliklar jamoasi öz maydonida «Axmat»ga qarşi ötkazadi (29 sentabr), piterliklar esa «Anji» mehmoni böladi (30 sentabr).
Rossiya çempionati
8-tur
Zenit – Lokomotiv 5:3
Gollar: 1:0 – 13 Şatov, 1:1 – 17 Barinov, 2:1 – 48 Yeroxin, 3:1 – 57 Dzyuba, 4:1 – 64 Şatov, 4:2 – 74 Mirançuk, 4:3 – 85 Smolov, 5:3 – 90 Driussi.
Zenit – Lunev, Netu, Ivanoviç, Smolnikov, Nabiullin, Şatov (Markizio, 68), Paredes, Kuzyayev (Ernani, 73), Yeroxin, Driussi (Kokorin, 90), Dzyuba.
Lokomotiv – Gilerme, Xevedes, Kverkveliya, Çorluka (Tarasov, 78), Ignatev (Mirançuk, 70), Denisov, Mirançuk, Fernandeş, Barinov, Idovu, Smolov.
Ogohlantirişlar: Kuzyayev (27), Barinov (29), Ignatev (34), Idovu (72), Tarasov (80), Ernani (87), Driussi (90).
Çetlatiş: Tarasov (82).












