Singapurning Underwater World okeanariumida skat professional dayver Filipp Çenni öldirdi.

Okeanariumga egalik qiluvçi Haw Par Corporation kompaniyasi ma'lumotlariga köra, ğavvosning ölimi fojiali baxtsiz hodisa bölgan. Skat Çenga hujum qilib qolgan. Çen olingan jarohatlardan şifoxonada vafot etgan. Politsiyada ta'kidlanişiça, bu hodisa Singapurda yuz bergan birinçi şunday hodisa böldi.

Bir vaqtlar maşhur bölgan Underwater World okeanariumi 2016 yilda boşqa okeanariumlar bilan raqobat qila olmagani uçun yopilgan. Filipp Çen dengiz jonzotlari yangi joyga köçirib ötilmagunça ularga qarab yurgan 10 xodimdan biri bölgan. Çen okeanariumda u 1991 yilda oçilgandan beri işlagan va dayverlar jamoasini boşqargan.

Skatlar odatda tropik suvlarda yaşaydi. Ularning dumida zahar bilan qoplangan ötkir tişlari bölib, dengiz jonzoti undan xavf vaqtida himoyalaniş vositasi sifatida foydalanadi. Skatlar odamlarga kamdan-kam hujum qiladi.

2006 yilda skatning yurak sohasiga zarba berişi natijasida avstraliyalik maşhur tabiatşunos va teleboşlovçi, "Timsohlar ovçisi" seriali orqali şuhrat qozongan Stiv Irvin halok bölgan. Bu fojia suv osti olami haqida film olinayotgan vaqtda yuz bergan.