Bagam orollarida dayver akulani karaxt ahvolga solib qöydi. Videoga Daily Mail naşri e'tibor qaratdi.
Tryuk akvalangçi Li Kobb (Leigh Cobb) tomonidan amalga oşirildi. Avvaliga u Emma laqabli beş metrlik akulaga baliq bergan, söng uni karaxt ahvolga solib qöygan. Dayver uni ehtiyotkorlik bilan boşini pastga ögirgan, keyin baliq öziga keldi va suzib ketdi. Boşqa akulalar röy berayotgan holatga heç qanday reaksiya bildirmagan.
Videoni ekvadorlik 41 yoşli fotosuratçi va dayving böyiça yöriqçi Kristian Torres (Christian Torres) tasvirga oldi. U Emmani Yölbars plyajidagi eng maşhur akula, deb atadi.
Naşrning aniqlik kiritişiça, dayver akulani tanatoz holatiga tuşirib qöygan. Bu himoya reaksiyasi bölib, unda ayrim hayvonlar, masalan, opossumlar (Amerikada yaşaydigan qopçiqli kalamuş) xavf ötib ketişi uçun xuddi ölgandek tasavvur uyğotadi.
Akulalarga bağişlangan The Shark Trust portaliga köra, bu holat yirtqiç baliqlarda ularning ma'lum bir sezgiç nuqtalarini rağbatlantiriş orqali paydo bölişi mumkin. Uşbu usul köpinça tadqiqotçilar tomonidan qöllaniladi.












