Malayziya hukumati şu yilning aprel oyida Mavrikiy orolida topilgan samolyot qoldiqlari haqiqatdan ham Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH370 reysini amalga oşiriş çoğida ğoyib bölgan Boeing 777 havo kemasiga tegişli ekanini tasdiqladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Avstraliya transport xavfsizligi boşqarmasi ötkazgan ekspertiza ma'lumotlariga köra, qoldiqlar samolyot qanotining orqa qismiga tegişlidir.
Avvalroq, Tanzaniya va Reyunon orolida ham samolyot qoldiqlari topilgani xabar qilingan edi.

Bortida 227 nafar yölovçi va 12 nafar ekipaj a'zosi bölgan Boeing 777-200 2014 yil 8 martga ötar keçasi radar ekranlaridan yöqolib qolgan edi. U, Kuala-Lumpurdan MH370 reysi böyiça Pekinga parvozni amalga oşirayotgan bölgan. Samolyot bilan aloqa bexosdan uzilib qolgan, şundan söng, u bilan nimalar yuz bergani noma'lum.












