Meksika politsiyasi "xörak" sifatida ayollardan foydalanib odamlarni öğirlagan jinoiy tödaning ikki ehtimoliy a'zosini hibsga oldi.

Tödaga işlagan ayollar öz qurbonlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali avrab, uçraşuvga taklif qilişgan. Voqea joyida qurbonni tödaning qolgan a'zolari öğirlab ketişgan.

Jinoyatçilar öz qurbonlari uçun ölpon talab qilişgan va ba'zida hattoki pullar berilgandan keyin ham ularni öldirişgan. 

Tödaning yetakçisi va yana bir gumonlanuvçi Verakrus ştatidagi Koattsakoalkos şahrida qölga olingan.

Töda hammasi bölib 12 ta öğirlik holatida gumon qilinmoqda.

Meksika hukumati ma'lumotlariga köra, joriy yilning yanvaridan avgustigaça mamlakatda 867 ta odamlarni öğirlaş holati qayd qilingan. Bunda 92 ta bunday jinoyat aynan Verakrus ştatida sodir etilgan.