AT&T, Verizon va T-Mobile kompaniyalari Samsung Galaxy Note 7 smartfonini sotiş va uni almaştirişni töxtatdi, deb xabar bermoqda ABC News.
10 sentabrda AQŞ hukumati huzuridagi iste'molçilik mahsulotlari xavfsizligi böyiça komissiyasi iste'molçilardan Samsung Galaxy Note 7’dan foydalanmaslikni söradi, çunki qurilma tösatdan yonib ketişi mumkin. 11 sentabrda smartfon işlab çiqaruvçi Samsung kompaniyasi mijozlarni Galaxy Note 7’ni tezda qaytib berişga çaqirgan.
Biroq smartfonlarning örniga "xavfsiz" deb berilgan qurilmalar ham alangalangan yoki portlagan.
AT&T’da aniqlangan hodisalar böyiça tergov yakunlanmagunça eski Galaxy Note 7’ni yangisiga almaştirilmasligi ma'lum qilingan. Şu bilan birga kompaniya smartfon egalarini qurilmani boşqa modeldagi telefonlarga almaştirişga olib kelişga çaqirdi.
T-Mobile va Verizon esa qurilmani sotiş va uni almaştirişni töxtatdi.












