2016 yilning 11 oktabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Şlik boşçiligidagi Ehtiyojlarni baholaş missiyasi ekspertlari Toşkentga taşrif buyurdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritiş böyiça Respublika matbuot markazi xabar berdi.

Ma'lumki, 2016 yilning 17 sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi orqali şu yilning 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuzatuvida iştirok etiş uçun YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosiga taklifnoma yubordi.

Amaliyotga köra, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi saylovoldi jarayoni va saylovga tayyorgarlikning borişini baholaş, milliy saylov qonunçiligining umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga uyğunligi tahlili natijalari böyiça saylovlarni kuzatişning maqsadga muvofiqligi, uning şakli, muddati va kuzatuvçilar soni töğrisida qaror qabul qiladi.

Ehtiyojlarni baholaş deb atalmiş missiya saylovlar arafasida, qoidaga köra, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi saylov departamenti mutaxassislari tomonidan ikki-uç kun davomida amalga oşiriladi. Unda Byuro tomonidan 2010 yilda çop etilgan saylovlarni kuzatiş böyiça qöllanmada belgilangan uslublarga muvofiq iş tutiladi. Bu gal Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi Ehtiyojlarni baholaş missiyasini Byuroning saylov departamenti boşliği Aleksandr Şlik (Belarus) va departament maslahatçisi Ulvi Axundlu (Ozarbayjon)dan iborat tarkibda şu yilning 11—14 oktabr kunlari yuborişga qaror qildi.

Ehtiyojlarni baholaş missiyasi taşrifi doirasida Taşqi işlar vazirligida, Markaziy saylov komissiyasida, Oliy sudda, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatida, Adliya vazirligida, Inson huquqlari böyiça milliy markazda, Milliy teleradiokompaniyada, Özbekiston matbuot va axborot agentligida, şuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili, siyosiy partiyalar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilişi közda tutilgan. Ehtiyojlarni baholaş missiyasi uçraşuvlar yakuni böyiça öz xulosasini tayyorlab, unda saylovning samarali, haqqoniy va professional kuzatuvini amalga oşiriş uçun şaroit yaratilgani, siyosiy plyuralizm, şaffoflik qaror topgani, saylov jarayoni jamiyatning işonçini qozongani, şuningdek, Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining avvalgi saylovlarni kuzatiş yuzasidan berilgan tavsiyalari bajarilgani singari mezonlar öz aksini topadi.

Ehtiyojlarni baholaş missiyasi Özbekiston Respublikasida 2004, 2009 va 2014 yillarda ham faoliyat olib borgan. Ötgan yillarda Ehtiyojlarni baholaş missiyasi xulosalari asosida Özbekistondagi saylovlarni kuzatiş uçun 15-18 ta YeXHT iştirokçi-mamlakatidan 25 kişidan köp bölmagan tarkibdagi saylovlarni kuzatiş böyiça çeklangan missiyasini yuborgan.