Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klintonlar jamg‘armasining sobiq rahbari o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan
Foto: nypost.com
AQShdagi Clinton Foundation xayriya jamg‘armasining sobiq rahbari Lora Grem Klintonlar oilasi bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng, o‘z joniga qasd qilishga uringan. Bu haqda, WikiLeaks sayti tomonidan e'lon qilingan Jon Podestaning maktublarida so‘z yuritilgan. Podesta demokratlar nomzodi Hillari Klintonning saylovoldi shtabi rahbari hisoblanadi.
Jamg‘arma rahbarining Klintonlar bilan ziddiyati haqida 2011 yil 8 dekabrida yozilgan maktubda so‘z yuritilgan. Maktubni Bill Klintonning sobiq maslahatchilaridan biri Dag Bend yo‘llagan.
«Kecha Lora Grem akamga yoki o‘zining ruhshunosiga tusha olmagani uchun menga qo‘ng‘iroq qildi. U Stayten-Aylendda o‘z mashinasida suvdan bir necha qadam uzoqlikda turgani va oyog‘i gaz pedalida ekanini aytdi. Lora Bill va Chelsi Klintonlar bilan bog‘liq ish yuzasidan tushkunlikka tushganini bildirdi», — deb yozgan Bend.
«Bu uning suyagiga taqalgan va boshqa sabr qilolmaydigan holatga tushib qolgan. Men o‘zini o‘ldirish fikridan qaytarish uchun bir muddat suhbatlashishimga to‘g‘ri keldi», — deb qo‘shimcha qilgan Bend. Maktubda, ziddiyat nimadan iborat ekaniga oydinlik kiritilmagan.
Podesta maktublarining birinchi qismi 7 oktabrda e'lon qilingan edi. Ularda, yadro energetikasi, Klinton jamg‘armasiga foydali qazilmalardan pullar o‘tkazilgani, shuningdek, Turkiyaning Suriyadagi manfaatlariga bag‘ishlangan ma'lumotlar mavjud edi.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026