«Uruş muayan bir nuqtada tugaşi kerak. Eng yaxşisi, uni bugun - biz kuçli mavqeda bölgan, hurmatga sazovor va butun dunyo ğalabamizni tan olayotgan bir paytda yakunlaşdir», - deb taʼkidladi Pizişkiyon.
Prezident Eron özining kamçilik va nuqsonlarini inkor etmasligini, biroq Tehron mamlakatni birlikda olğa siljitişga intilayotganini qayd etdi.
Avgust oyi boşida Masʼud Pizişkiyon AQŞni tomonlar 18-iyun kuni imzolagan özaro anglaşuv memorandumiga rioya qilişga majburlaşga çaqirgan edi. Siyosatçining qöşimça qilişiça, hujjatning amalga oşirilişi mamlakat, mintaqa va Eron ittifoqçilari xavfsizligini mustahkamlaydi.
Vaşington va Tehron memorandum imzolaganidan söng, tomonlar bölajak tinçlik şartnomasining tafsilotlari böyiça 60 kunlik muzokaralarni boşladi. Biroq iyul oyi boşida özaro hujumlar qayta tiklandi. Keyinroq Eron memorandumga rioya qilişdan boş tortganini tasdiqladi, AQŞ prezidenti Donald Tramp esa Kongressni Eron bilan uruş qayta boşlangani haqida xabardor qildi.












