BMT Boş Assambleyasi 13 oktabr kuni Portugaliyaning sobiq boş vaziri Antoniu Guterrişni taşkilotning töqqizinçi boş kotibi lavozimiga saylaş masalasini körib çiqadi.
Majlisda portugaliyalik siyosatçini BMT boş kotibligiga saylaş töğrisidagi rezolyutsiya muhokama etilib, qabul etilişi kutilmoqda. U 2017 yil yanvaridan 2021 yil dekabrigaça mazkur vazifani ado etadi. Guterriş 2015 yilgaça BMT qoçoqlar masalalari böyiça boş komissari vazifasini bajargan.
Uning nomzodi tasdiqlanişi uçun BMT a'zolarining uçdan ikki qismi Guterrişni yoqlab ovoz berişi kerak. Boş Assambleya rahbari a'zo mamlakatlar diplomatik vakolatxonalariga yuborgan maktubida rezolyutsiyaning yakdillik bilan qabul qilinişiga umid bildirgan.
Şundan söng, kelgusi 2 yarim oyda Guterriş öz jamoasini şakllantiradi va örinbosarlar va yordamçilarini aniqlab oladi.








