08:55 / 13.10.2016
9753

Obama AQSh prezidentligiga qaytish haqidagi so‘rovga hazil bilan javob qaytardi

Foto: .nbcnews.com

AQSh prezidenti Barak Obama unga yana prezident bo‘lishga rafiqasi ijozat bermasligini aytib hazillashdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Oq uyda ispan tilida so‘zlashuvchilar merosi oyligiga bag‘ishlangan marosimda auditoriyadagi ayollardan biri Obamaga "Yana 4 yilga qoling" deb hayqirgan. "Men buni qila olmayman, rafiqam Mishel menga "yetar" deydi", deb hazil javob qildi.

Oq uy matbuot xizmati muxbirlarining aytishicha, Obamaning bu luqmasi hammada kulgu va jonlanish uyg‘otgan.

So‘ngra yonida vitse-prezident Jozef Bayden turgan Obama jiddiy ohangga o‘tib, "biz ketishimiz kerak" deb o‘z so‘zlarini davom ettirgan. "Biz bu yerda bir-birimizni tilka-pora, bir-birimizni yomonotliq qilish va biror bir guruh boshqa guruhdan ko‘ra ko‘proq g‘alabaga munosib ekanligi haqida fikr paydo bo‘lmasligi uchun qolmoqchimasmiz", deb javob qildi Obama.

AQShdagi navbatdagi prezidentlik saylovlari 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Yangi prezident 2017 yil 20 yanvarda inauguratsiya qilinadi. Bungacha Obama o‘z prezidentlik vazifalarini bajarishni davom ettiradi.

 

Top