Xiaomi tinimsiz yangi gadjyetlarni taqdim etişda davom etmoqda. Joriy oyda ularning yangi qurilmasi mittigina Little Square kamerasi va MI Music Alarm Clock budilnigidir. Kamera web-kamera vazifasini bajara oladi va xonalarda videokuzatuvni amalga oşirişi mumkin.
Xiaomi Little Square 1/2.7 dyuym optik formatdagi CMOS matritsa, F/2.0 diafragma va 110 darajali köriş burçagiga ega bölib, Full HD videoni suratga oliş qobiliyatiga ega, harakat va tovuşga ta'sir körsata oladi, 9 metrgaça bölgan masofadan qoronğulikda köra oladi. Videoyozuvlarni saqlab qoliş uçun 64 GBgaça bölgan hajmdagi microSD xotira kartasi mavjud, ularni uzatiş uçun esa — Wi-Fi modul ham bor.
Surat va videolarni Android 4.0 OT (undan yuqori bölganlar ham) va iOS 7.0 boşqaruvi ostidagi mobil qurilmalar qabul qila oladi. 50×50×56 mm ölçam va 100 gramm oğirlikdagi mini-kamera tutun detektori bilan birga aqlli uy tizimining bir qismiga aylanişi mumkin.
10 000 mAç siğimli akkumulyator 12 soatli töxtovsiz iş jarayoniga yetadi, portativ akkumulyator orqali zaryadlaş mumkin.
Xiaomi Little Square sotuvga 22 noyabrdan boşlab 15 dollar qiymatida çiqariladi.
Xiaomi MI Music Alarm Clock raqamli budilnigi uxlayotgan insonlarga baland tovuşlar bilan zarar yetkazmaslik uçun belgilangan vaqtda eng past ovozda ovoz çiqaradi va sekin uni kuçaytirib boradi. 30 dollarli gadjyetda uç musiqa avtomatik örnatilgan, biroq Bluetooth 4.1 orqali smartfon yoki istalgan qurilmaga ulangan holda sevimli treklar oğuşida uyğoniş mumkin. Bu borada Xiaomi qurilmasini karnay sifatida ham işlatiş mumkin. Budilnik korpusida faqat birgina tugma bölib, u vaqt va ovoz balandligini sozlaş uçun möljallangan, dumaloq indikatorda sonlar bilan faqat soat aks etadi, daqiqalar esa nuqtalarda harakatlanadi.

Töliq zaryadlangan 2 600 mAç siğimli akkumulyator 15 kunli avtonom iş va 60 foizli ovoz balandligida 8 soat musiqa tinglaşga yaraydi.












