Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yangi saylangan boş kotibi Antoniu Guterreşning bayonot berişiça, u Rossiya va AQŞni özaro yaqinlaştiriş uçun işlaşga tayyor. U boş kotiblik lavozimiga tasdiqlanganidan söng, RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida şu haqda söz yuritgan. 

BMT Boş Assambleyasi Antoniu Guterreş nomzodini butunjahon taşkilotining boş kotibligiga tasdiqlagan edi. BMTning töqqizinçi boş kotibi 2017 yil 1 yanvaridan boşlab vazifasiga kirişadi. 

"Men uşbu ikki davlat munosabatlari yaxşilanişiga işonaman. Ular boşqalarni ham ortlaridan ergaştirib, mavjud qarama-qarşiliklar bartaraf etilişi mumkinligiga işontirişlari uçun ulkan imkoniyatga ega böladi", — degan Guterreş.

U, BMT boş kotibi bölgan vaqtda Moskva hamda Vaşingtonni safarbar qila oladimi?, degan savolga Guterreş şunday javob qaytargan: "Imkonim darajasida barçasini amalga oşiraman".