Uzer fransuz kompaniyasi "aqlli" çiqindi çelagi Eugene’ni yaratdi. Çelak qanday çiqindilarni qayta işlaş, qandaylarini esa işlab bölmasligini aniqlaydi va xaridlar röyxatini tuzişga yordam beradi.
Taşqi tomondan Eugene oddiy çiqindi çelagidan farq qilmaydi: u pedalga bosilganda qopqoği oçiladigan idişdan iborat. Biroq çelak içida ştrix-kodlar skaneri mavjud bölib, u qutidagi ştrix-kod tasvirini öqib, uni qanday bölimga, ya'ni qayta işlanuvçi va qayta işlab bölmaydigan çiqindilar orasiga taşlaşni aytib turadi. 1-bölim karton, alyuminiy va tunukadan işlangan qutilar uçun, 2-bölim esa plastikdan işlangan qutilar uçun möljallangan.
Çelak uçun smartfonga möljallangan dastur mavjud. Bu dastur orqali avvalambor turli xildagi çiqindilarning vazni hisobi olib boriladi.
Bundan taşqari, dastur kod böyiça siz qanday mahsulot qutisini taşlab yuborganingizni aniqlab, sizga bu mahsulotni keyingi dökonga borişingizda xarid qiladigan mahsulotlar röyxatiga kiritişni taklif qiladi. Eugene buni avtomatik ravişda ham bajarişi, hattoki mahsulotlarni onlayn-buyurtmalarga qöşişi ham mumkin – bu uyda mahsulotlarning yetarliça miqdorda bölişini ta'minlaşda yordam beradi.
"Aqlli" çiqindi çelagiga 2017 yilda buyurtma berişni boşlaş mumkin – hozirça çelak mualliflari uning işçi prototipini namoyiş qilmoqdalar. Çelakning eng katta ölçamdagisi narxi 299 dollar turişi aytilmoqda.








