Tasdiqlangan jadvalga muvofiq 2016 yilning 5-14 oktabr kunlari Andijon va Farğona şaharlarida Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi Özbekiston-Qirğiziston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Hukumat delegatsiyalarining işçi guruhlari uçraşuvlari bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston TIV sayti xabar bergan.

Uçraşuvlar davomida Özbekiston Respublikasining Namangan, Andijon va Farğona viloyatlari bilan Qirğiziston Respublikasining Jalol-Obod, Öş va Botken viloyatlari tutaşgan hududlarda Davlat çegaralaridagi 55ta uçastkada qöşma dala tekşiruvlari ötkazildi.

Muzokaralar yakunlariga köra tomonlar Protokol imzolaşdi.

Uçraşuvlar döstona şaroitda, turli darajalardagi sönggi Özbekiston-Qirğiziston muloqotlari kabi ruhda ötdi.

Sentyabr oyida Özbekiston TIV delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça hukumat delegatsiyalari ikki davlat çegaralaridagi 23ta uçastkada dala tekşiruvlari ötkazganligini ma'lum qilgandi.