Jahon | 09:10 / 15.10.2016
5498
1 daqiqa o‘qiladi

Varshavadagi turar joy binosida portlash sodir etildi

Foto: ukrainnews

Varshavadagi turar joy binosida qo‘lbola bomba portladi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohat oldi. Bu haqda rus OAV xabar bermoqda. 

Portlash Varshavaning shimolidagi Targuvek hududida yuz berdi, deb xabar bermoqda Polsha televideniyesi. Portlovchi qurilma termosga joylanib, binoning 3-qavatidagi kvartiralardan birining tashqari eshigi oldiga qo‘yib ketilgan bo‘lgan.  

Varshava politsiyasi vakili Mariush Mrozek portlash terakt bo‘lmaganiga ishonchi komil ekanligini aytgan. Telekanalning ta'kidlashicha, portlash ikki jinoiy guruh o‘rtasidagi nizo sababli amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Uydan 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Hozirda uy unda yashashga yaroqlilikka tekshirilmoqda. 

 

Mavzuga oid